O‘zbekiston hukumati yana yetti mamlakat fuqarolariga vizasiz kirishga ruxsat berdi

daryo.uz sayti fotosurati

O‘zbekiston hukumati fuqarolari mamlakatga 30 kun davomida vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga yana yetti davlat qo‘shilishini ma’qulladi. Bunday huquq Bahrayn, Misr, Iordaniya, Qatar, Xitoy, Quvayt va Saudiya Arabistoni fuqarolariga berildi.

Xuddi shu hujjat 12 mamlakat — Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Fransiya, Chexiya, Shveysariya va Yaponiya fuqarolari uchun biznes vizalarni ko‘rib chiqish vaqtini ikki kunu kunga qisqartiradi. BAA, Eron va Pokiston fuqarolari biznes vizalarini uch kun ichida olishlari mumkin.

ℹ️ Avvalroq Prezident farmoni bilan Bahrayn, Quvayt va Ummon fuqarolari uchun joriy yil 1 iyunidan boshlab 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilishi haqida xabar berilgandi. Saudiya Arabistoni fuqarolariga kelsak, O‘zbekiston prezidenti 2023 yil 1 yanvardan boshlab ular uchun vizani bekor qilishni buyurdi, faqat «o‘z mamlakatiga yoki uchinchi mamlakatga jo‘nab ketish uchun aviachiptalarni taqdim etish» sharti bilan.

Hozirda fuqarolari O‘zbekistonga kirishi uchun viza olishlari shart bo‘lmagan mamlakatlar ro‘yxatiga 86 ta davlat kiritilgan. 86-o‘rinda turgan Xitoy fuqarolari yetti kun davomida O‘zbekistonga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin bo‘lgan oxirgi davlat bo‘ldi. Endi bu muddat 30 kungacha uzaytirildi va 86-o‘rin ro‘yxatdan olib tashlanadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ro‘yxatga «yangi» kiritilganlar 85-1 dan 85-7 gacha raqamlanadi.

  • Qozog‘iston sun’iy intellekt poygasida AQSH va Xitoy o‘rtasida qanday muvozanat saqlamoqda

  • Toliblarga qarshi muxolifat yetakchilari mamlakat kelajagi borasida turlicha fikr bildirdi

  • Mashhur san’atkorning Japarov oldida o‘zini qanday tutgani Qirg‘izistonda hokimiyatga sig‘inish va siyosiy o‘zgarishlar haqidagi bahslarga sabab bo‘ldi

  • Muhim minerallar, sun’iy intellekt — «Markaziy Osiyo — Koreya» formatidagi uchrashuvda yana nimalar muhokama qilindi?