Qozog‘iston OpenAI dasturchisini Rossiyaga deportatsiya qildi va u yerda yigit xoinlikda ayblanib hibsga olindi

tizgin.kz sayti fotosurati

Yigirma besh yoshli IT dasturchisi Aleksandr Kachkurkin Qozog‘istondan Rossiyaga deportatsiya qilindi. Yetib kelganidan so‘ng, u xoinlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda «Pervыy otdel» inson huquqlari loyihasi xabar berdi.

Kachkurkin Qrimda tug‘ilib o‘sgan. U 2014 yili, 14 yoshida Rossiya pasportini olgan. U siyosiy sabablarga ko‘ra Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan. So‘nggi yillarda u Olmaotada yashab, DevOps muhandisi va dasturchisi bo‘lib ishlagan. Uning mijozlari orasida Amerikaning OpenAI kompaniyasi ham bo‘lgan.

28 yanvar kuni Kachkurkinga ikkita ma'muriy huquqbuzarlik ayblovi qo‘yilgan: ko‘chani belgilanmagan joyda kesib o‘tish va chilim chekish. Inson huquqlari faollari ikkala ayblov ham uydirma ekanini ta'kidlaydilar. Bayonnoma tuzilganidan so‘ng, politsiya Kachkurkinni «Qozog‘iston Respublikasi qonunlari va suverenitetiga hurmatsizlik qilgani uchun» deportatsiya qilishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Bayonnomadan tortib deportatsiyagacha bo‘lgan butun jarayon bir necha soat davom etgan, bunday tartiblar odatda bir necha hafta yoki oy davom etadi. Kachkurkinni shoshilinch ravishda Rossiyaga jo‘natishgan. Parvoz tugagandan so‘ng u darhol samolyotda hibsga olingan va sudga olib ketilgan, sud esa uni hibsda ushlab turishga qaror chiqargan.

Rossiyada u Ukrainaga pul o‘tkazgani uchun davlatga xiyonat qilishda ayblanmoqda. Rossiya Jinoyat kodeksining 275-moddasiga ko‘ra, Kachkurkin 12 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Bir necha kun oldin, 30 yanvar kuni Qozog‘iston hozirda Olmaotadagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan chechen faoli Mansur Movlayevni Rossiyaga deportatsiya qilish niyatini ma'lum qildi. O‘tgan yil dekabrь oyida Qozog‘iston rasmiylari unga qochqin maqomini berishdan bosh tortgandilar.

Movlayev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qattiq tanqid qilishi va respublikadagi inson huquqlari buzilishi va siyosiy qatag‘onlarga qarshi noroziliklari bilan tanilgan. U giyohvand moddalar savdosi ayblovlari bilan bir necha yil Rossiya qamoqxonasida o‘tirgan. Ozod qilinganidan so‘ng, u avval Qirg‘izistonda, so‘ng Qozog‘istonda yashagan vab u yerda 2025 yil may oyida RF iltimosiga binoan hibsga olingan. O‘z vatanida u ekstremizmni moliyalashtirishda ayblanib, federal qidiruvga berilgan.

  • Qozog‘iston sun’iy intellekt poygasida AQSH va Xitoy o‘rtasida qanday muvozanat saqlamoqda

  • Toliblarga qarshi muxolifat yetakchilari mamlakat kelajagi borasida turlicha fikr bildirdi

  • Mashhur san’atkorning Japarov oldida o‘zini qanday tutgani Qirg‘izistonda hokimiyatga sig‘inish va siyosiy o‘zgarishlar haqidagi bahslarga sabab bo‘ldi

  • Muhim minerallar, sun’iy intellekt — «Markaziy Osiyo — Koreya» formatidagi uchrashuvda yana nimalar muhokama qilindi?