Rahmon tankodrom va Afg‘oniston bilan chegarada yangi postlarni ochdi

Tankodrom. Tojikiston prezidenti matbuot xizmati fotosurati

Tojikistonning «Harbmaydon» poligonida tankodrom va Afg‘oniston bilan chegarada to‘rtta yangi chegara nazorat postlari foydalanishga topshirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ochilish marosimi Mudofaa vazirligi binosida prezident Emomali Rahmon va uning o‘g‘li — Tojikiston parlamenti raisi va Dushanbe meri Rustam Emomali ishtirokida masofadan turib bo‘lib o‘tdi.

«Harbmaydon» poligonida ixtisoslashgan mutaxassislar uchun o‘quv inshootlari, shuningdek, haydovchilik sinflari va kuzatuv minoralariga ega qo‘mondonlik-kuzatuv punkti qurilgan.

Afg‘oniston bilan chegaraning ilgari yetarli darajada himoyalanmagan balandlikdagi qiyin o‘tish qismida to‘rtta chegara posti ochildi. Ushbu hududda chegara postlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun 70 kilometrdan ortiq uzunlikda yangi yo‘l va boshqa yordamchi infratuzilma qurildi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi uch yil ichida Tojikistonda 80 ta yangi chegara posti qurilgan. Ular texnikalar, kazarmalar va zarur infratuzilma, jumladan, ofitserlar va ularning oilalari uchun alohida turar-joy binolari bilan jihozlangan.

  • 150 dan ortiq huquq himoyachilari, faollar va jurnalistlar Yuliya Yemelyanova va Mansur Movlayevni Rossiyaga ekstraditsiya qilishga qarshi bayonotni imzoladilar

  • Toliblarga qarshi muxolifat yetakchilari mamlakat kelajagi borasida turlicha fikr bildirdi

  • Mashhur san’atkorning Japarov oldida o‘zini qanday tutgani Qirg‘izistonda hokimiyatga sig‘inish va siyosiy o‘zgarishlar haqidagi bahslarga sabab bo‘ldi

  • Muhim minerallar, sun’iy intellekt — «Markaziy Osiyo — Koreya» formatidagi uchrashuvda yana nimalar muhokama qilindi?