Qozog‘iston dekabr oyida Qirg‘izistonga neft yetkazib berishni ko‘paytirdi va O‘zbekistonga ham tranzitni qayta tiklamoqda, deb xabar beradi magistral neft quvurlari milliy operatori — «KazTransOyl (KTO).
Qozog‘iston nefti Qirg‘izistonga sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng noyabr oyida qayta tiklandi. Joriy yil oxiriga qadar respublikaga 30 000 tonnagacha xom neft yetkazib berish rejalashtirilgan.
«O‘zbekistonga neft tranziti dekabr oyida 35 000 tonnagacha hajmda rejalashtirilgan», — deb xabar beradi kompaniya. Forbes.kz ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya nefti qo‘shni respublikaga yetkazib beriladi. «KazTransOy»l 2017 yilda Rossiya neftini O‘zbekistonga o‘z magistral neft quvurlari tizimi orqali yetkazib berishni boshlagandi. O‘shanda tranzit hajmi 67 900 tonnani, 2018 yilda esa 35 800 tonnani tashkil etgandi. 2019 yildan 2022 yilgacha Rossiya neftining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranziti amalga oshmagan. 2023 yilda KTO O‘zbekistonga 154 300 tonna Rossiya neftini yetkazib bergan. 2024 yilda bu ko‘rsatkich 225 000 tonnani tashkil etgan. 2025 yilda tranzit amalga oshirilmagan, chunki Qozog‘iston bu borada tegishli so‘rovni olmagan.
KQK neft quvurlari tizimi Kaspiy mintaqasidan neftni jahon bozoriga tashishning eng yirik yo‘nalishi hisoblanadi. Uzunligi 1500 km bo‘lgan magistral quvur G‘arbiy Qozog‘iston konlarini (Tengiz, Qorachig‘anoq va Qashag‘an) Rossiyaning Qora dengizi sohillari bilan bog‘laydi, bu yerda neft KQK dengiz terminali orqali tankerlarga yuklanadi. KQK infratuzilmasiga qilingan hujumlar taxminan Qozog‘istonda neft qazib olishni 480 000 tonnaga kamayishiga olib keldi.



