Piter Foster Qozog‘istonning eng yirik aviatashuvchisi bo‘lgan Air Astana bosh direktori lavozimi va direktorlar kengashi a’zoligidan ketadi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
Foster 2026 yil mart oyi oxirida iste’foga chiqadi. U aviakompaniyalar guruhi bilan direktorlar kengashining katta maslahatchisi sifatida ishlashda davom etadi. Ayni paytda moliya bo‘yicha ijrochi direktor lavozimida ishlayotgan Ibrohim Janliel «belgilangan muddatda» Air Astana bosh direktori bo‘ladi», — deyiladi bayonotda.
«Boshqaruv kengashi Piter Fosterga 20 yil davomida – tashkil etilganidan to Qozog‘iston va Markaziy Osiyodagi yetakchi aviakompaniya va jahon aviatsiya sanoatida tan olingan brend sifatidagi maqomiga erishgunga qadar ajoyib rahbarligi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi», — dedi Air Astana direktorlar kengashi raisi Nurlan Jakupov.
Shuningdek, u Ibrohim Janlielning bosh ijrochi direktor etib tayinlanganini mamnuniyat bilan qayd etib, u Air Astana kompaniyasida 2003 yildan buyon faoliyat yuritayotganini ta’kidladi. Janliel 2017 yilda bosh moliya direktori etib tayinlanishidan oldin dastlab turli tijoriy funksiyalarni boshqargan. Direktorlar kengashi uning rahbarligi ostida kompaniya bozordagi mavqeini yanada yuksaltirishiga ishonch bildirdi.
Air Astana guruhi tarkibiga Air Astana milliy aviatashuvchisi va FlyArystan budjet aviakompaniyasi kiradi. U 2001 yili Qozog‘iston hukumati (Samruk-Kazina jamg‘armasi orqali, 51%) va Britaniyaning BAE Systems (49%) kompaniyasi (49%) o‘rtasida qo‘shma korxona sifatida tashkil etilgan. Bosh ofisi Olmaotada joylashgan aviakompaniyaga 2005 yildan beri Britaniya fuqarosi Piter Foster rahbarlik qiladi.
IPO ga chiqqanidan so‘ng kompaniyaning mulkchilik tuzilmasi o‘zgardi, Forbes.kz ma’lumotlariga ko‘ra: «Samruk-Kazina» aksiyalarning taxminan 41 foiziga, Citibank (nominal egador) 21,7 foizi, BAE Systems 17 foizi va YENPF 6,6 foiziga egalik qiladi. Qolgan aksiyalar minoritar aksiyadorlarga tegishli.
Guruhning 2025 yilning birinchi olti oyidagi umumiy daromadi 658,2 million dollarni, sof foydasi esa 10,7 million dollarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, Air Astana aviakompaniyasi ham uning bosh direktori Piter Foster singari bir necha bor tanqidlarga uchragan. Qozog‘istonliklar va mamlakat rahbariyatining asosiy shikoyatlari aviakompaniyaning narx siyosati, bozordagi monopol mavqei va parvozlarning kechikishi bilan bog‘liq bo‘lgan. O‘tgan yil dekabr oyida deputat Yedil Janbirshin yana bir bor ushbu masalaga e’tibor qaratgan edi. Majilisda (parlamentning quyi palatasi) nutqi chog‘ida yig‘ilishda hozir bo‘lgan Piter Foster deputatni tinglagancha kulib turgani ekranda ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng Janbirshin Air Astana rahbarini qozog‘istonliklarga nisbatan xurmatsizlikda qoralagan edi.
«Biz sizga afrikalik aborigenlar emasmizki, ustimizdan kulyapsiz», — degandi u.
 
	 
			 
			 
			 
			 
			 
			

