Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Yerjan Ashiqbayevni respublikaning AQSHdagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan ozod qildi. Tegishli farmon davlat rahbari tomonidan imzolangani haqidagi ma’lumot 26 sentyabr kuni Oqo‘rda saytida e’lon qilindi.
Ashiqbayev 2021 yil aprelidan beri Markaziy Osiyo davlatining AQSHdagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Davlat rahbari, shuningdek, Qozog‘istonning Jenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Yerlan Alimbayevni ham lavozimidan ozod qildi. Uning o‘rniga Yerjan Qazixan tayinlangan, u o‘z navbatida prezidentning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi lavozimidan ozod etilgandi.
Bir kun avval, 25 sentyabr kuni To‘qayev Administratsiyatida bir necha mulozim ishdan bo‘shatilgani e’lon qilingan edi.
Jumladan, quyidagilar ishdan olindi:
✅ Zulfiya Sulaymenova – Prezident maslahatchisi va davlat rahbarining xalqaro ekologik hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili;
✅ Kunsulu Zakarya – prezidentning fan va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi;
✅ Yernar Baspayev – prezident maslahatchisi;
✅ Qanat Sharlapayev – prezidentning iqtisodiy masalalar bo‘yicha yordamchisi;
✅ Tamara Duysenova – prezident yordamchisi.
Shu bilan birga, Baxitjan Sapiyev davlat rahbarining maslahatchisi etib tayinlandi, u avval Prezident Administratsiyasining davlat nazorati bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelgan. Bo‘sh turgan lavozimga avvali Prezident departamenti mulkini boshqarish departamentining moddiy-texnik ta’minot bo‘limiga rahbarlik qilib kelgan Alixan Jamastov tayinlandi.
Bundan oldin To‘qayev Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuni ishdan bo‘shatgani va keyin uni prezidentning xalqaro investitsiyalar va savdo hamkorligi bo‘yicha yordamchisi etib tayinlagani haqida xabar berilgan edi. Bungacha Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Yermek Kosherbayev Tashqi ishlar vazirligi rahbari bo‘ldi.
 
	 
			 
			 
			 
			 
			 
			

