Qozog‘istonda Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Tegishli farmonni Prezident Kasim-Jomart To‘qayev imzoladi.
Yangi tashkilot Raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoati vazirligining qayta tashkil etish orqali yaratildi. Ushbu vazirlikning innovatsion faoliyati funksiyalari va vakolatlari Fan va oliy ta’lim vazirligiga o‘tkaziladi.
Hukumatga davlat organlari va ularga bo‘ysunuvchi tashkilotlarning kadrlar sonini qayta taqsimlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
8 sentyabr kuni Qozog‘iston prezidenti o‘zining xalqqa murojaatida Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi tashkil etilishini ma’lum qilgandi. «Yangi texnologik tuzilmaning bir qismi bo‘lish uchun davlat boshqaruvi shaffofligi, samaradorligi, inson qadri muhimligini bir necha bor oshirgan holda ushbu tizimni qayta shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun amaldagi tegishli vazirlik negizida Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligini tashkil etish lozim, deb hisoblayman. Uni Bosh vazir o‘rinbosari maqomidagi mutaxassis boshqaradi», — dedi To‘qayev va hukumatga iqtisodiyotning barcha sohalarini modernizatsiya qilish uchun sun’iy intellektni joriy etish vazifasini qo‘ydi. Ushbu tashabbus doirasida sohadagi barcha loyihalarni milliy strategiyaga birlashtiradigan «Digital Qazaqstan» yagona konseptual hujjatni ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joiz, bunday tashkilot nafaqat Qozog‘istonda mavjud. 2017 yili Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Sun’iy intellekt vazirligini tashkil etgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Qozog‘istonda, hozirgi kungacha Sun’iy intellekt va innovatsiyani rivojlantirish qo‘mitasi qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatayotgan edi.
 
	 
			 
			 
			 
			 
			 
			

