Toshkentda инвесторлар учун Roadshow boshlandi: O‘zbekiston yangi xususiylashtirish dasturi bo‘yicha davlat aktivlarini taklif etmoqda

Fergana.agency olgan surat.

Toshkentda 27 noyabr kuni O‘zbekistonning investitsiya imkoniyatlari va davlat aktivlariga bag‘ishlangan Roadshow boshlandi. Tadbir Xalqaro biznes markazida bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berаdi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati. Bu idora ketma-ket oltinchi yil o‘tkazayotgan mintaqaviy turning yakuniy uchrashuvidir.

Mehmonlarni ro‘yxatga olish yettinchi qavatda soat 10:00 da boshlandi, soat 10:30 da korporativ boshqaruv bo‘yicha xalqaro maslahatchi va Deutzer kompaniyasining Markaziy Osiyodagi vakili Bahodir Otaxonov tadbirni ochiq deb e’lon qildi. So‘ngra iqtisodiy islohotlar, xususiy sektor va инвесторларга taklif etilayotgan aktivlar haqidagi videorolik namoyish etildi. Agentlik direktori Sohibjon Murodov dasturiy ma’ruza bilan chiqish qilmoqda. Ma’ruza mavzusi — 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan xususiylashtirish dasturi hamda ustuvor aktivlar.

Dastur O‘zbekiston prezidentining 28 avgustdagi PF-177-sonli farmoni bilan tasdiqlangan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ishtirokchilarga davlat mulkini xususiylashtirish va ijaraga berish mexanizmlari hamda imtiyozlari: soddalashtirilgan sotib olish tartibi, xususiy kapital uchun preferensiyalar va инвесторлар uchun kafolatlar tushuntiriladi. Shuningdek, mehmonlarga savdoga chiqarilayotgan aktivlar, yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlari taqdim etiladi.

Dasturda, shuningdek, Anadolu Group bosh direktori Burak Basharirning videomurojaati va xalqaro moliya tashkilotlari vakillarining chiqishlari rejalashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki nomidan Enriko Pinali, Xalqaro moliya korporatsiyasidan Nil Makkeyn, TTBBdan Xurshida O‘zoqova so‘zga chiqadi. Ular инвесторлар xususiylashtirish jarayonida qanday moliyaviy vositalar va ko‘mak olishlari mumkinligi haqida gapirib berishadi. Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov biznesning ishtirok etish imkoniyatlari xususida so‘z yuritadi. Chiqishlardan so‘ng ishtirok etish shartlari, bitimlarning huquqiy jihatlari va moliyalashtirish bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ikkinchi qismda, soat 12:20 dan 13:20 gacha, yakka tartibdagi B2G va B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ularda agentlik, tegishli idoralar va korxonalar vakillari ehtimoliy xaridorlar bilan muayyan bitimlarni muhokama qiladilar. Rasmiy dastur soat 13:30 da yakuniga yetadi.

  • Yaponiya besh yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi loyihalarga taxminan 20 milliard dollar sarmoya kiritadi

  • Markaziy Osiyo respublikalarining Yaponiya bilan yaqinlashuvida ko‘z ilg‘amas masalalar bor

  • Ilhоm Aliyev Markaziy Osiyo uchun begona emas

  • Rossiyalik olimlar Markaziy Osiyoni Sibir daryolari yordamida sug‘orish loyihasini qayta tiklamoqchilar