Rossiya FXX rahbari: Tojikiston va O'zbekiston bilan hamkorlikda Rossiyada bir nechta terrorchilik hujumlari oldi olindi

Aleksandr Bortnikov. pnp.ru sayti fotosurati

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) direktori Aleksandr Bortnikov uning tashkiloti Tojikiston va O'zbekistondagi hamkasblari bilan birgalikda Rossiyada radikal guruhlar jangarilari tomonidan rejalashtirilgan bir nechta terrorchilik hujumlarining oldini olganini ma'lum qildi. Rossiyalik general bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Xavfsizlik idoralari va maxsus xizmatlar rahbarlari kengashining yig'ilishida bayonot berdi, deb xabar beradi TASS.

Bortnikov so'zlariga ko'ra, shu yil boshida FXX va Tojikiston xavfsizlik kuchlari «shov-shuvli terrorchi hujumlarni» amalga oshirishni rejalashtirgan terrorchi guruhni aniqlagan va zararsizlantirgan. Bundan tashqari, O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Rossiyaning turli mintaqalarida, jumladan, Moskvada beshta ekstremistik hujum tayyorgarlik bosqichida bartaraf etilgan.

General o'z nutqida terrorchilar, jumladan, Afg'onistonda joylashgan «Islom davlati» ning bo'linmasi bo'lmish «Xuroson viloyati»* O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston va Qirg'iziston fuqarolarini, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlarini faol ravishda jalb qilayotganini ta'kidladi. MDHda yashirin tarmoqlar, resurs kanallari yaratilmoqda va terrorchilik hujumlari rejalashtirilmoqda, deb qo'shimcha qilgan Rossiya razvedka xizmati rahbari.

Mulozimning ta'kidlashicha, «Xuroson viloyati» va boshqa jihodchi guruhlar «Britaniya razvedka xizmatlarining faol ko'magi» bilan Afg'onistondagi «Tolibon» radikal harakati kuchini zaiflashtirishga urinishmoqda. Ekstremistlar toliblar nazorati ostida bo'lmagan hududlarni, asosan mamlakat shimolida kengaytirishga harakat qilishmoqda.

«Va mazkur mintaqaga tayanib, «g'arbliklar» keyinchalik Markaziy Osiyo respublikalaridagi vaziyatni o'z foydasi uchun burishga umid qilmoqdalar», — dedi Bortnikov.

Shu omilni hisobga olgan holda, FXX direktori afg'on hamkasblari bilan aloqalarni rivojlantirish va Kobulning qo'shni Pokiston bilan munosabatlarini normallashtirishga ko'maklashishga qaratilgan sa'y-harakatlarning muhimligini ta'kidladi. Bortnikovning ta'kidlashicha, «bizning umumiy xavfsizligimiz» shunga bog'liq bo'ladi.

Razvedka xizmati rahbari Yaqin Sharq masalasiga ham to'xtalgan. Uning so'zlariga ko'ra, Suriyadagi jangarilar qatorida bo'lgan MDH mamlakatlari fuqarolari Eronning Isroil va AQSh bilan to'qnashuvida unga qarshi kurashayotgan «proksi kuchlar»ga jalb qilinishi xavfi mavjud.

Generalning ta'kidlashicha, gap «Islom davlati» va boshqa guruhlar tomonida mintaqadagi harbiy mojarolarda ishtirok etgan terrorchilar haqida bormoqda. Keyinchalik bu shaxslar Suriya qamoqxonalariga tushib qolishgan, ammo ulardan nafaqat Eronga, balki o'z respublikalariga qarshi harakatlarda ham foydalanishlari mumkin, dedi Bortnikov.

* RF va O'zbekistonda terrorchi sifatida tan olingan tashkilot

  • Nima uchun Oʻzbеkiston yana bir bor gaz taqchilligiga duch kеlgani va yana bir bor yoqilgʻi quyish shoxobchalari faoliyatini chеklagani haqida

  • Yaponiya besh yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi loyihalarga taxminan 20 milliard dollar sarmoya kiritadi

  • Markaziy Osiyo respublikalarining Yaponiya bilan yaqinlashuvida ko‘z ilg‘amas masalalar bor

  • Toshkentda O‘zbekiston gerbini yaratgan rassom Anvar Mamajonovning grafik asarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda