Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi kartalari hozircha Afg‘onistonda ishlamaydi

Afg‘oniston bank tizimi hozirda Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi kartalarini qabul qila olmaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma'lum qildi, deb xabar beradi TASS.

«Menimcha, bu yaqin orada sodir bo‘lmaydi, chunki Afg‘oniston bank tizimi tranzaktsiyalar bilan ishlamaydi. Ular ham sanktsiyalar ostida, shuning uchun bu ehtimoldan yiroq», — dedi u «Mir» kartalarining Afg‘onistonda ishlashi istiqbollariga oid savolga javoban.

2025 yil oktyabr oyida Rossiya ommaviy axborot vositalari Afg‘onistonning Rossiyadagi elchisiga tayanib, Kobul va Moskva Afg‘onistonda «Mir» bank kartalarini qabul qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergandi.

«Rossiya va toliblar nazoratidagi Afg‘oniston o‘rtasida istiqbolli iqtisodiy hamkorlik haqidagi yana bir ertak puchga chiqdi. Juda ko‘p loyihalar, optimistik va'dalar va dabdabali izohlar bo‘ldi... Ammo keyinchalik hammasi achchiq haqiqat bilan to‘qnashadi va hamma narsa o‘z o‘rniga tushadi», — deya siyosatshunos va Zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazining yetakchi mutaxassisi Andrey Serenko o‘zining Telegram-kanalida ushbu yangilikni sharhladi.

  • Yaponiya besh yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi loyihalarga taxminan 20 milliard dollar sarmoya kiritadi

  • Rossiya matbuoti «nato» snaryadlari tufayli Qozog‘istonga hujum qila boshladi

  • Markaziy Osiyo respublikalarining Yaponiya bilan yaqinlashuvida ko‘z ilg‘amas masalalar bor

  • Ilhоm Aliyev Markaziy Osiyo uchun begona emas