Qirg‘iziston fuqarosi AQShda Rossiyaga noqonuniy qurol eksport qilgani uchun 39 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi

Bruklindagi federal sudi binosi. ibtimes.com sayti fotosurati

Qirg‘iziston fuqarosi Sergey Jarnovnikov Bruklindagi federal sudda Amerika o‘qotar qurollari va o‘q-dorilarini Rossiyaga noqonuniy eksport qilish bo‘yicha maxfiy kelishuvda ishtirok etgani uchun 39 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi xabar berdi.

Hukm 22 yanvarь kuni chiqarilgan. Jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng, biznesmen AQShda qonuniy yashovchi rezident maqomiga ega bo‘lmagani uchun deportatsiya qilinishi mumkin.

Ish materiallariga ko‘ra, Jarnovnikov Bishkekda o‘ziga tegishli kompaniya orqali qurol savdosi bilan shug‘ullangan. 2020 yil mart oyidan beri u boshqa odamlar bilan AQSh Savdo vazirligi tomonidan nazorat qilinadigan o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni AQShdan Rossiyaga eksport qilish bo‘yicha maxfiy kelishuvda ishtirok etgan. U Rossiyaga 1,5 million dollardan ortiq qiymatdagi o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni yetkazib berishga muvaffaq bo‘lgan.

Bitimlardan birida Jarnovnikov Qirg‘izistonga o‘qotar qurol sotib olish va eksport qilish bo‘yicha Amerika kompaniyasi bilan besh yilga 900 ming dollarlik shartnoma tuzgan. AQSh Savdo vazirligi qirg‘iz kompaniyasiga qurol eksporti litsenziyasini bergan, ammo mazkur hujjat qurollarni Rossiyaga eksport yoki qayta eksport qilishni taqiqlagan. Taqiqqa qaramay, Jarnovnikov qurollarni Rossiyaga reeksport qilgan.

Boshqa bir bitim bo‘yicha biznesmen yana bir bir Amerika kompaniyasidan beshta miltiqni xuddi shu tarzda qayta eksport qilgan. Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu miltiqlar Rossiya harbiy snayperlari tomonidan Ukrainadagi jangovar operatsiyalarda ishlatilgan.

Bundan tashqari, Jarnovnikov Amerikada ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarni Italiyadan Qirg‘izistonga va oxir-oqibat Rossiyaga noqonuniy ravishda reeksport qilish bo‘yicha fitnada ishtirok etgan — bu ham AQSh qonunlarini buzgan. Boshqalar bilan birga u buyurtma bergan va Italiya orqali uchinchi Amerika kompaniyasidan 23 000 dollarlik 13 000 ta o‘q-dori sotib olgan. Ushbu o‘q-dorilarga berilgan litsenziya ularning Italiyada qolishini talab qilgan. Shunga qaramay, Jarnovnikov o‘q-dorilarni Italiyadan Qirg‘izistonga va keyinchalik Rossiyaga qayta eksport qilgan.

Qirg‘izistonlik biznesmen 2025 yil 24 yanvarda Las-Vegasda hibsga olingan. Tadbirkor amerikalik qurol sotuvchilari bilan uchrashish uchun ov va otish sporti anjomlari va jihozlarini sotadigan Shooting, Hunting and Outdoor Trade (SHOT) ko‘rgazmasiga kelgan.

2025 yil iyunь oyida Jarnovnikov aybini tan olgan. Dastlabki ayblovlar bo‘yicha u 20 yilgacha qamoq jazosini olishi mumkin edi.

«Sanktsiyalarimiz ularni amalga oshirish imkoni darajasida samarali bo‘ladi. Bugungi hukm potentsial qoidabuzarlarga mujdadir: mazkur qonunni buzish jiddiy oqibatlarga olib keladi», — dedi Nьyu-Yorkning Sharqiy okrugi federal prokurori Jozef Nochella Jarnovnikovga hukm chiqarilganidan so‘ng.