O‘zbekiston Ombudsmani Moskva oliy o‘quv yurti talabalarining deportatsiyani chetlab o‘tishiga yordam berdi

ombudsman.uz sayti fotosurati

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Iqtisod oliy maktabi talabalarining ma’muriy deportatsiya va katta miqdordagi jarimalarni chetlab o‘tishiga yordam berdi. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.

Muammo oktyabr oyida RF Ombudsmani Tatyana Moskalkova bilan hamkorlikda fuqarolar uchun o‘tkazilgan sayyor qabul paytida aniqlandi. Tadbir Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida uyushtirildi. Unda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi, ruxsatnomalar va vizalar departamenti vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida Rossiya Federatsiyasida joylashgan «Iqtisod oliy maktabi» milliy tadqiqot universitetida (NIU VSHE) tahsil olayotgan 31 nafar o‘zbekistonlik talabaning murojaati qabul qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, universitet ma’muriyati tomonidan talabalarning migratsiya hisobiga turish uzaytirilishi qoidalari to‘g‘risida vakolatli organlarga o‘z vaqtida ma’lumot berilmagan. Oqibatda talabalar Rossiya Federatsiyasi hududida 90 kundan ortiq qolib ketgan va migratsiya qoidalari buzilgan deb baholanib, talabalarning xabariga ko‘ra, 40 ming rubl miqdorida jarima ma’muriy jazosi to‘lashi talab qilingan.

Tatyana Moskalkova ushbu holatni o‘z nazoratiga oldi va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati bilan hamkorlikda tekshiruv o‘tkazildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, chet ellik talabalarning vaqtincha turish muddatlarini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, hududiy ichki ishlar organlariga ushbu talabalarga nisbatan jarima solish yoki Rossiya Federatsiyasi hududidan ma’muriy chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazo choralarini istisno tariqasida qo‘llamaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Agar mazkur masala tezda hal qilinmaganida, talabalar Rossiyadan deportatsiya qilinishi mumkin edi, deb yozadi Ombudsman matbuot xizmati.

Ko‘rilgan choralar nafaqat O‘zbekiston talabalarining, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldova, Belarus davlatlaridan kelib talim olayotgan 200 dan ortiq talabalarning ham muammolari ijobiy hal etdi.