Yevropa kompaniyalari va banklari o‘zbek sheriklari bilan 10 milliard yevrodan ortiq loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaga tashrifi davomida yirik kompaniyalar va moliya institutlari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan biznes-forum va davra suhbatlarida mana shunday kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi uning matbuot xizmati.
Yangi tashabbuslar quyidagi sohalardagi hamkorlikni o‘z ichiga oladi:
✅ Energetika;
✅ Kimyoviy moddalar;
✅ Muhim minerallar;
✅ Logistika;
✅ To‘qimachilik;
✅ Farmatsevtika.
Bu Yevropa kompaniyalari ishtirokidagi umumiy qiymati 40 milliard yevrodan ziyod bo‘lgan hozirgi loyihalar portfeliga salmoqli qo‘shimchadir.
Shu bilan birga, 24 oktyabr kuni Mirziyoyev Yevropa Kengashi va Yevropa Komissiyasi rahbarlari Antoniu Kosta va Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi. Tomonlar joriy yil aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan birinchi «Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston – Yevropa hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Yetakchilar bugun imzolangan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi tarixiy bitimni yuqori baholadilar. Ushbu keng qamrovli hujjat O‘zbekiston bilan YEI hamkorligining nafaqat huquqiy asoslarni kengaytirishi, balki yangi kun tartibini shakllantirishi ta’kidlandi. Shuningdek, bitim birlashmaga a’zo davlatlar bilan, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, transport, energetika, iqlim, yuqori texnologiyalar va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalaridagi aloqalarga kuchli sur’at bag‘ishlaydi.
Tomonlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi bo‘yicha YEI bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganini ham olqishladilar.
Yetakchilar barcha darajalarda faol, sermahsul muloqot va almashinuvlar amalga oshirilayotgani katta mamnuniyat bilan ta’kidilar. Tashrif arafasida O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining «Global darvoza» ikkinchi forumida ishtirok etdi. Kuni kecha esa Hamkorlik kengashi hamda Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha kichik qo‘mita yig‘ilishlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
O‘zaro hamkorlikning ijobiy sur’atini saqlab qolish uchun institutsional hamkorlik mexanizmlarini yanada kengaytirish va turli sohalarda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, biznes va gumanitar aloqalarni mustahkamlaydigan viza tartiblarini soddalashtirishning muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston, Yevropa Kengashi va Yevropa Komissiyasi yetakchilari Qo‘shma bayonot qabul qildilar.



