O‘zbekiston fintex-startapi Bokuda o‘tkazilgan investforumda g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik startapchilar jamoasi. Forum matbuot xizmati fotosurati

O‘zbekistonning Mulk Protocol fintex-startapi Bokuda o‘tkazilgan Markaziy Yevroosiyoning INMerge Innovation Summit 2025 yirik innovatsion forumida InBattle Startup Awards tanlovining g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda «Farg‘ona»ga investforum matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlovda mintaqa mamlakatlaridan 40 ta startap ishirok etdi. Mulk Protocol shariat qonunlariga amal qilgan holda ko‘chmas mulk va biznes egalariga o‘z aktivlarini raqamli tokenlarga aylantirish investitsion platformasini taqdim etdi va 30 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi.

ℹ️ Tokenizatsiya — bu ko‘chmas mulk, biznes yoki boshqa mulklarni blokcheyn texnologiyasi yordamida raqamli sertifikat-tokenga aylantirgan holda egalik huquqini aktivga aylantirish uslubi. Bu kompaniya aksiyalari kabi yirik aktivlarni bo‘lish imkonini va ularni sotish, pul o‘tkazish yoki investitsiyalarni jalb qilishni soddalashtiradi. Barcha operatsiyalar oshkora va xavfsiz qayd etiladi.

Biroq, Mulk Protocol ta’kidlashicha, an’anaviy tokenlashda ko‘pincha Islom moliyaviy prinsiplarga mos kelmaydigan mexanizmlardan foydalaniladi. Masalan foyda olish yo‘nalishida, foizli kreditlash yoki narhlar tebranishidagi chayqovchilik. Shariatda bu taqiqlangan.

Islom me’yorlarga muvofiq tokenlash o‘zaro hamkorlik va investitsiyalarning ruxsat etilgan shakllariga asoslanadi. Masalan, foizli sheriklik o‘rniga ishchan sheriklik prinsipi amal qiladi: masalan, musharak — bunda tomonlar birgalikda mablag‘ kiritadi va foyda yoki zararni bo‘lishadi, mudoraba — bunda bitta hamkor kapital kiritadi, ikkinchisi boshqaruvni amalga oshiradi, va foyda oldindan kelishilgan sxemada bo‘linadi. Bunday modellar shariatga mos keladi va shu bilan birga yuridik asoslangan.

ℹ️ INMerge Innovation Summit — 2025 yil 29-30 sentyabrda Bokuda kongress markazida o‘tkazilgan Markaziy Yevroosiyodagi eng yirik yillik innovatsion tadbiri hisoblanadi. Tadbirni yirik ozarbayjon investxodingi — PASHA Holding tashkillashtirdi. Forum 150 ta xalqaro va mintaqaviy spikerlar bilan birgalikda 5000 dan ortiq xalqaro va mintaqaviy ma’ruzachilarni, 100 ta startap va 80 dan ortiq venchur fondlarni jamladi. Ma’ruzachilar orasida Pixar asoschisi Ed Katmull va Netflix asoschisi Mark Rendolf bo‘ldi. Forum doirasida texnologiyaning muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi: fintex, barqaror banking, sun’iy intellekt, «Sanoat 4.0», telekommunikatsiya, elektron tijorat va investitsiyalar.