Qirg‘iziston terma jamoasining sobiq hujumchisi Viktor Mayer futboldagi faoliyatini yakunladi va Germaniyaning oltinchi toifadagi «Forverts» (Nordxorn) klubi bosh murabbiyi lavozimini egalladi, deb xabar beradi GN nashri.
Mayer 2023 yil yozida «Forverts»ga Maykl Vesterning o‘yinchi yordamchisi sifatida qo‘shilgandi. Vester shu yilning kuzida iste’foga chiqdi va UEFA Pro B+ murabbiylik litsenziyasini tugatgan Mayer ushbu lavozimni egalladi. Qirg‘izistonlik murabbiy qo‘l ostida o‘zining ilk uchrashuvida «Forverts» liga peshqadami «Myulen»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Viktor Mayer G‘arbiy Yevropada professional jamoani boshqargan birinchi qirg‘izistonlik murabbiy bo‘ldi.
Mayer futboldan tashqari bank sohasida ham ishlaydi. «Farg‘ona» xabariga ko‘ra, murabbiylik vazifalarini hisobga olgan holda, u haftasiga 80 soatgacha ishlamoqda.
ℹ️ Viktor Mayer —O‘sh viloyatida tug‘ilgan. Bolaligida u oilasi bilan Germaniyaga ko‘chib o‘tgan va u yerda professional futbolchi sifatida shakllangan. U turli yoshdagi nemis yoshlar terma jamoalariga chaqirilgan, nemis klublarida, shuningdek, Gollandiyaning «Emmen» jamoasida o‘ynagan. 2015 yildan buyon Qirg‘iziston terma jamoasida o‘ynab kelmoqda. U ikki marta hal qiluvchi o‘yinlarda gol urib, terma jamoaga Osiyo Kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritga yordam bergan, ammo turnirda o‘zi biror marta ham ishtirok etmagan. 2019 yili u jarohat oladi va mamlakat futbol rahbariyati buyrug‘i bilan tarkibni yoshartirishni boshlagan murabbiylar shtabi qarori bilan 2023 yilgi tarkibga kiritilmagan.