Gollivud aktyori Jeki Chan Olmaotaga keldi. Kino yulduzining kelishi aks etgan video Instagramdagi (RFda ekstremistik deb tan olingan va taqiqlangan Meta korporatsiyasiga tegishli tarmoq) AstanaLive24 yangiliklar portalida chop etildi.
Postda qayd etilishicha, Jeki Channi Qozog‘istonning Salem Entertainment media kompaniyasi vakillari kutib olgan. Tashrifning rasmiy maqsadi hozircha oshkor etilmagan. Kinoshunos Karim Qodirbayev tez orada aktyor ishtirok etadigan loyiha tafsilotlari bilan bo‘lishishga va’da berdi.
Mashhur sport blogerlarining yozishicha, Jeki Chan Chempionlar ligasining 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Qayrat» – «Real» uchrashuviga maxsus mehmon sifatida tashrif buyuradi. Stadionda aktyor bilan suratga tushish mumkin.
Jeki Chan futbolning ashaddiy muxlisi va Angliyaning «Manchester Siti» klubini qo‘llab-quvvatlaydi. Darvoqe, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Xusanov aynan shu klubda o‘ynaydi. «Qayrat»ga keladigan bo‘lsak, Qozog‘iston klubida ayni damda Angliyaning boshqa bir klubi «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan 17 yoshli Dastan Satpayev to‘p surmoqda.
Biroq, hozircha mediakompaniya, futbol klubi va aktyorning vakillari Gollivud yulduzining Qozog‘istonga kelishi bilan bog‘liq hech qanday ma’lumotni e’lon qilgani yoki izoh bergani yo‘q.



