Mutaxassislar bo‘lishi mumkin yadroviy Armageddon xavfini o‘ta yuqori baholashmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ostonada bo‘lib o‘tgan Dunyoviy va an’anaviy dinlarning VIII qurultoyida aytib o‘tdi, deb xabar beradi Oqo‘rda.
«Dunyoning turli burchaklarida olib borilayotgan gibrid urushlar aniq front chizig‘iga ega emas, ammo ular sezilarli darajada insonlar qurbon bo‘lishiga olib keladi, ko‘plab qochqinlar oqimini qo‘zg‘atadi va global iqtisodiyotga katta zarar yetkazadi. Yadro mojarosi xavfi katta tashvish uyg‘otmoqda, ekspertlar bunday Armageddon ehtimolini so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yuqori deya baholashmoqda. Afsuski, tashabbuskorlik va siyosat o‘rniga dunyoda qarama-qarshilik tafakkuri kuchayib bormoqda, geosiyosiy tafovutlar kengaymoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda», — dedi prezident.
U bu vaziyatda diplomatiya va muloqotning o‘rni, shuningdek, «o‘zaro begonalashuvni yengish va xalqaro maydonda ishonchni mustahkamlash» zarurligini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan To‘qayev diniy yetakchilarga, ularning «dunyoni xaos domiga tushib ketishini to‘xtatish, ko‘plab siyosatchilarga sog‘lom fikr, xayrixohlik va ma’naviy mas’uliyatni eslatib turish»ga oid sa’y-harakatlariga umid bildirishini qayd etdi.
Qozog‘iston prezidenti avval ham yadroviy qurolsizlanish ahamiyati haqida bir necha bor gapirgan. O‘tgan yil bahorida xalqaro ekspertlarga tayanib, To‘qayev yadro kallaklarini qo‘llash xavfi ortib borayotganini va bu «noto‘g‘ri hisob-kitob, avariya yoki vaziyatni tanglikka olib kelish natijasida yuzaga kelishi mumkinligini, hatto bitta tortlashning o‘zi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini» ta’kidlagan edi.
 
	 
			 
			 
			 
			 
			 
			


